Moskvada Nazarboyevning sobiq kuyovi to‘satdan vafot etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada istiqomat qilgan Aydar Akayevning to‘satdan yuragi to‘xtab qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Moskvada Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li, Qozog‘iston birinchi prezidentining Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Aydar Akayev to‘satdan vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Moskvada Nazarboyevning sobiq kuyovi to‘satdan vafot etdi

Qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, 44 yoshli Aydar Akayev to‘satdan yuragi to‘xtab qoldi, u shifokorlar kelishigacha vafot etdi.

Aydar Akayev 1976-yil 20-fevralda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi 18 yoshli Aliya Nazarbayevaga uylanadi. Er xotin 2001-yilda ajrashishdi.

2002 yilda Aydar Akayev 21 yoshli NBT kanali teleboshlovchi Saykal Chokuboyevaga uylandi. Oilada uch farzand dunyoga keldi.

Qirg‘izistonda 2005-yilda bo‘lgan inqilob va Akayev hukumatdan ag‘darilgandan so‘ng Moskvaga ketib, biznes bilan shug‘ullanishni boshladi.

Askar Akayevning jiyani vafot etdi  

Shu bilan birga, chorshanba kuni Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning jiyani – Kuban Akayev Moskvada vafot etgani ma’lum bo‘ldi. U 59 yoshda bo‘lgan.

5 fevral kuni Kuban Akayevning jasadi Qirg‘izistonga olib kelinib, Chuy viloyatining Kemin tumanida dafn etildi.