Italiyalik ayol milkidan soch o‘sib chiqdi

Italiyalik ayol milkida o‘sayotgan sochdan shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qildi. 2009-yilda ayolga o‘xshash holat bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Italiyalik ayol tish milkida soch o‘sayotgani haqida shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Erkaklarda soch nega to‘kiladi - olimlar yangi sababni aniqladilar

Bu holat haqida Oral Surgery, Oral Medicine, Oral Pathology and Oral Radiology maqola chop etilgan.

Ayol birinchi marta 2009-yilda shifokorlarga murojaat qilgandi. O‘sha vaqtda uning tanglayida kiprikka o‘xshash tuk o‘sib chiqqandi. Tibbiyot xodimlari bu paytgacha shunga o‘xshash hodisani besh marta qayd etishgan bo‘lib, hammasi erkaklarda kuzatilgandi.

Keyin shifokorlar bemorga polikistoz tuxumdonlar sindromi tashxisini qo‘yishdi: ko‘pincha tana va yuzda ortiqcha tuk o‘sa boshlaydi.

Ayoldagi ortiqcha tuklar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi va gormonal preparatlar tayinlandi. Muolaja ma’lum vaqtgacha yordam berdi, biroq bir necha yillardan so‘ng tuk o‘sishi yana avj oldi.

Bir muncha vaqt davolanish yordam berdi, ammo yillar o‘tib, sochlar yana ko‘p miqdorda ko‘payib ketdi.