Istanbuldagi aviahalokatda o‘zbekistonlik jarohatlandi

Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va fuqaroga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi B.S. jarohatlandi. Bu haqda TIV mamlakatning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga asoslanib xabar qilmoqda.

Istanbuldagi aviahalokat qurbonlari soni 3 kishiga yetdi

Qayd etilishicha, fuqaro “Medikana” klinikasi joylashtirilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va fuqaroga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Istanbul shahridagi aeroportga samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 3 kishiga yetgani xabar qilingan edi.