Dunyodagi eng chiroyli erkaklar reytingi tuzildi - foto

Komputer kartografiya usullaridan foydalangan holda dunyodagi eng chiroyli erkaklarning o‘ntaligi e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Dunyodagi eng chiroyli erkaklarning ro‘yxati komputer kartografiya usullaridan foydalangan holda tuzildi. The Sun xabariga asosan.

Ta’kidlanishicha, nomzodlarning yuz tuzilishi - qadimgi yunonlar tomonidan ixtiro qilingan matematik formula asosida o‘rganib chiqildi.

Aktor Robert Pattinson Eng chiroyli erkak deb topildi. U 92,15 foizga yunon go‘zallik koeffitsiyentiga to‘g‘ri kelgan.

Gollivud aktori Bredli Kuper 91,08 foiz to‘plab, reytingda uchinchi bo‘ldi.

Bred Pitt 90,51 foiz to‘plab, ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Jorj Kluni ro‘yxatda beshinchi o‘rinda, u 89,91 foiz to‘plagan.

Aktor Xyu Jekman 89,64 foizli natija bilan oltinchi o‘rinni egalladi.

Devid Bekhem ro‘yxatda yettinchi o‘rinni band etdi - 88,96 foiz.

Aktor Idris Alba 88,01 foiz bilan sakkizinchi o‘rinda.

Reper Kanye Uest 97,94 foiz to‘pladi va to‘qqizinchi o‘rinda.

Aktor Rayan Gosling 87,48 foiz bilan ro‘yxatning eng oxirgi o‘rinda.

 

Dunyoda