TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Buxoroning qadimiy shahar qismida olib borilgan restavratsiya ishlari vaqtida 13X48 sm bo‘lgan qayriqtosh topildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
“Topilmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ilgari, olimlarning fikriga ko‘ra, bu kabi kichik o‘lchamdagi qabr toshi ishlatilmagan”, - deyilgan xabarda.
Mulla Payraviy masjidining chillaxonasi restavratsiya vaqtida bu topilma aniqlandi.
Mahalliy mutaxassislar topilmani tartibga keltirib, chuqur o‘rganib chiqilishi uchun Toshkent sharqshunoslik institutiga yuborishdi.
Qayroqtoshda eski arab yozuvidagi “Al-faqix Ahmad Ammor al-Ansori, Allohning rahmatidan qo‘rquvchi, unga qaytuvchi, hijriy 563-yilning rajab oyi/ milodiy 1168-yilning may oyida olamdan o‘tdi”, deb yozilgan ekan.
Topilmaning ahamiyatli jihati shundaki, bu Buxorodagi maqbaralarda qayroq ishlatilgan birdan bir holatdir. XI-XIV asrlarda qayroqdan, asosan, Samarqand, Farg‘ona vodiysida va qisman Toshkentda qabrtosh sifatida foydalanilgan.