O‘zbekistonda yopiq muz qoplamali maydonlar quriladi

2020–2023 yillarda qishki sport turlari rivojlantiriladi, xalqaro sport musobaqalarida O‘zbekiston sportchilarining munosib ishtiroki ta’minlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. 2020–2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlar quriladi.  Bu O‘zbekiston prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2020–2023 yillarda qishki sport turlari rivojlantiriladi, xalqaro sport musobaqalarida O‘zbekiston sportchilarining munosib ishtiroki ta’minlanadi.

Olimpiya o‘yinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi

Shuningdek, “O‘zko‘rgazmasavdo” binosi bazasida qishki sport turlari sanalgan figurali uchish, short-trek, korling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar va forumlar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi tashkil etiladi.

2020–2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydonlar quriladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida esa 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab qishki sport turlari kafedrasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari 2023-yil 1-yanvarga qadar Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, qishki sport turlari bo‘yicha professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari mol-mulk hamda bir qancha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.