Uxandagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan samolyot Toshkent sari parvoz qilmoqda

Qayd etilishicha, samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti Uxandan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 11:45 da Toshkent aeroportiga yetib keladi.

Qayd etilishicha, samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Xitoydan olib kelinadigan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun karantinda bo‘ladi - SSV

Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

Xabarda yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston SSV Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga +998 (71) 276-49-66 telefon orqali murojaat qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoydan olib kelgani xabar qilingan edi.