Toshkentda "Senatorlar maktabi" ish boshladi

Eslatib o‘tamiz, parlament yuqori palatasi faoliyati va senatorlar maktabini shakllantirish borasida O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan edi
Sputnik

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. 2020 yilning 4-fevral kuni Oliy Majlisning yuqori palatasida "Senatorlar maktabi" o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

O‘zbekiston yangi saylangan senatorlari - fotojamlanma

Eslatib o‘tamiz, parlament yuqori palatasi faoliyati va senatorlar maktabini shakllantirish borasida O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan edi.

Ta’kidlanishicha, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev senatorlarga birinchi o‘quv mashg‘uloti doirasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, parlament faoliyatining huquqiy asoslari va asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, "Senatorlar maktabi" doirasida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, parlamentning roli va parlamentlararo munosabatlar, Senatning Davlat budjetini shakllantirish va qabul qilish, ijrosini nazorat qilishdagi o‘rni, yangi soliq konsepsiyasining asosiy jihatlari, uning mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishidagi ahamiyati hamda qonun ijodkorligi – qonun loyihasini ishlab chiqish va qonunlarni ko‘rib chiqishda Senatning ishtiroki masalalari ham nazarda tutilgan.