O‘TY metroning Sergeli yo‘nalishi sifati haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Ta’kidlanishicha, suratlarda tasvirlangan holat metro tuzilishining yuk ko‘tarish qobiliyatiga yoki mustahkamligiga ta’sir qilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yer usti metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishidagi suratlarni e’lon qilib, uning mustahkamligi borasida tashvish bildirmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bunga munosabat bildirdi va ko‘rsatilgan fuqarolik pozitsiya va befarq bo‘lmaganlik uchun minnatdorchiik izhor etdi.

Kompaniya O‘zbekiston hududidagi har bir obyekt qurilish sifati ustidan davlat, idoraviy, mualliflik va jamoatchilik nazoratining ko‘p bosqichli va juda samarali tizimi mavjudligiga ishontirgan.

Ta’kidlanishicha, suratlarda tasvirlangan holat metro tuzilishining yuk ko‘tarish qobiliyatiga yoki mustahkamligiga ta’sir qilmaydi.

O‘TY metroning Sergeli yo‘nalishi sifati haqidagi xabarga munosabat bildirdi

“Suratlarda ko‘rsatilgan yoriqlar kuch xususiyatiga ega emas, balki montaj ishlari davomida paydo bo‘ladi, va tabiiyki, ular pardozlash ishlari davomida bartaraf etiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgani xabar qilingan edi.