Qarshida bir necha kun ichida ikki kishi o‘z joniga qasd qilishga uringan

Birinchi holda, qizni o‘ziga zarar yetkazishidan saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan va bir yigit reanimatsiyaga joylashtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Milliy gvardiya va mahalliy befarq bo‘lmagan fuqarolar Qarshida o‘z joniga qasd qilishga uringan ikki yoshni qutqarib qoldi, deb xabar beradi Uz24.

Qarshida o‘quvchi uyatsiz videolar tufayli tanbehdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

"1 fevral kuni soat 15.10da 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. o‘z joniga qasd qilishga uringan. O‘quvchi qizni fojeadan Milliy gvardiyaning o‘z vazifalarini bajarayotgan harbiy hizmatchilari - leytenant D. Jakbarov va serjant A. Qurbonov tomonidan tezda qutqarganlar, keyin ular qizni RShTOIM Qarshi filialiga olib kelishgan, ekspertiza natijasida u hech qanday tan jarohati olmagani ayyon bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, u oila a’zolari bilan yuz bergan mojaro tufayli bunday qarorga kelgan.

"3 fevral kuni soat 14.50 larda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro A.X. daryo bo‘yida o‘zini bo‘yin va qorin bo‘shlig‘iga shisha siniq bilan urib, o‘zini daroga tashladi. Shoshilinch voqea guvohi bo‘lgan, obodonlashtirish bo‘limi hodimi Sh. Mirzoyeva, noma’lum yigit tomonidan amalga oshirilgan xodisa to‘g‘risida Milliy gvardiya g‘odimlari - oddiy askarlar O. Rahmatov va A. Usmonovlarga xabar berdi", - deyiladi idora xabarida.

Harbiy xizmatchilar fuqaro A.X.ni zudlik bilan suvdan qutqarib, birinchi yordamni ko‘rsatib, RShTOIM Qarshi filialiga yetkazishdi va u yerda unga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi, so‘ng reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Hozirda fuqaroning ahvoli qoniqarli. Ushbu holat bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tergovni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘z joniga qasd qilayotganlarning 55,5 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan odamlar tashkil qilmoqda.

O‘z joniga qasd qilganlar orasida 45% ruhiy kasallanganlar va asab tizimi zaiflashgan odamlardir.

Fuqarolarning qariyb 14 foizi oilaviy nizolar tufayli, 1,7 foizi - nosog‘lom turmush tarzi tufayli, 0,7 foizi esa rashk tufayli bu qadamga yo‘l qo‘yishgan.