Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda insoniyat yana xavf yoqasiga kelib qolgan. Terrorizm va ekstremizm tahdidi o‘smoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyo xavfsizligiga nima tahdid solayotganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Afsuski, bugungi kunda insoniyat yana xavf yoqasiga kelib qoldi. Mintaqaviy mojaralar ko‘paymoqda, terrorizm va ekstremizm tahdidi o‘smoqda. Qurollanish ustidagi nazorat tizimi barbod bo‘lmoqda”, - dedi Putin ishonch yorliqlarini topshirish marosimida.

Shuningdek, u jahon iqtisodiyoti ham beqaror holatda ekanini ta’kidladi.