Yangi koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 20,6 mingdan oshib ketdi

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 4-fevral kuni Xitoyda 2019-nCov kasalligi bo‘yicha 20 471 holat o‘z tasdig‘ini topgan. Koronavirusni yuqtirganlik gumoni bilan yana 23 214 kishi ro‘yxatga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev - Sputnik, Yelizaveta Isakova. Yangi koronavirusga chalingan bemorlar soni butun dunyo bo‘yicha 20,6 mingdan oshdi, deb bayonot qildi seshanba kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoydan olib keldi

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, 4-fevral kuni Xitoyda 2019-nCov kasalligi bo‘yicha 20 471 holat o‘z tasdig‘ini topgan. Koronavirusni yuqtirgan degan gumon bilan yana 23 214 kishi ro‘yxatga olingan. 2 788 nafar bemor og‘ir ahvolda. Kasallikdan jami 425 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ular bir yoki ikkita surunkali kasalligi bo‘lgan keksa kishilardir. Shu bilan birga 680dan ziyod kishi tuzalgan.

Xitoydan tashqarida 24ta mamlakatda 176 kishi koronavirus bilan kasallangan. Tailandda (25), Singapurda (24), Yaponiyada (21), Janubiy Koreyada (16), Avstraliyada (13), Germaniyada (12), AQShda (11), Malayziyada (10), Vyetnamda (10), Fransiyada (6), BAAda (5), Kanadada (4), Hindistonda (3), Filippinda (3), va Italiya, Rossiya va Buyuk Britaniyada 2 kishidan, Kamboja, Nepal, Shri-Lanka, Belgiya, Finlyandiya, Ispaniya va Shvetsiyada bir kishidan.

Xitoydan tashqarida faqat Filippinda kasallikdan halok bo‘lish holati qayd etilgan.