TOShKENT, 4 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida Moskvaga tashrifi rejada bo‘lmagan, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Beshinchi fevralda bo‘lishi rejada bo‘lmagan, shu bois, tashrif kechiktirilishi haqida ham gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bu noto‘g‘ri ma’lumot", - dedi Peskov Mirziyoyevning 5-fevralga rejalashtirilgan tashrifi kechiktirildimi, degan savolga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novostiga O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga ikkinchi tashrifi taxminan 2020-yilning 5-fevral sanasiga rejalashtirilgani haqida xabar qilgan edi.
Ne’matov O‘zbekiston prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishi va mustahkamlanishiga katta e’tibor qaratishini alohida qayd etgandi.