Rossiya va O‘zbekiston Suriyadan bolalarni olib kelish tajribasini muhokama qildi

Rossiya prezidenti bolalar ombudsmeni Anna Kuznetsova O‘zbekiston bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Rossiya bolalar ombudsmeni Anna Kuznetsova O‘zbekiston bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Suriya va Iroqdan bolalalarni repatriatsiya qilish, bolalani vatanga qaytarish bo‘yicha samarali tajribalari bilan almashish masalalarni muhokama qildi. Bu haqda ombudsmen Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Rossiya va O‘zbekiston Suriyadan bolalarni olib kelish tajribasini muhokama qildi

“Bugun, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suriya va Iroq hududidagi lagerlaridan bolalarni repatratsiya protsedurasini tashkil qilish borasida yuzaga keladigan muammolar muhokama qilindi”, - deb yozdi Kuznetsova. 

Rossiya va O‘zbekiston Suriyadan bolalarni olib kelish tajribasini muhokama qildi
 

O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga asosan bolalarni urush zonalaridan qaytarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Tomonlar yuzaga kelgan qiyinchiliklarni muhokama qildi, tajriba va ma’lumot almashish, qaytib kelgan bolalarni reabilitatsiya qilish amaliyoti to‘g‘risida kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil may oyida 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar, Yaqin Sharqdagi mojaro zonasidan Toshkentga maxsus reys bilan olib kelingan edi. Gumanitar operatsiyaning ikkinchi bosqichi oktabrda 64 nafar bola Iroqdan maxsus reys bilan O‘zbekistonga qaytarildi.