Putin miyani mashq qildirish foydasi haqida gapirdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, odam qanchalik ko‘p ijodiy faoliyat bilan shug‘ullansa, qanchalik miyasini mashq qildirsa, shunchalik uzoq umr ko‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti  Vladimir Putin uzoq vaqt ijodiy va aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarning umr davomiyligi yaxshilanishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odam qanchalik ko‘p ijodiy faoliyat bilan shug‘ullansa, qanchalik miyasini mashq qildirsa, shunchalik uzoq umr ko‘radi. Shuningdek, hayot tarzi yaxshilanadi.

Putin umuman olganda boshqa sohada faoliyat yurituvchilarga qaraganda oliy maktab o‘qituvchilari orasida uzoq umr ko‘rish yuqori ekanini ta’kidladi.

“Bu tasodif emas, bu miya faoliyati bilan bog‘liq”,  - deya Putin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.