O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoydan olib keldi

Samolyotda 250 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari Pekindan olib kelindi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Bugun mahalliy vaqt soat 17.05da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reys orqali O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Samolyotda 250 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari Pekindan olib kelindi.

Bundan avval yo‘lovchilar maxsus shifoxonalarda shifokorlar nazoratida saqlanishi xaqida xabar berilgan.