Xitoyda yana bir O‘zbekiston bosh konsulligi ochiladi

O‘zbekiston yaqin orada Xitoyning Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. O‘zbekiston yaqin orada Xitoyning Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev va Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 7,6 mlrd. AQSh dollaridan ortganligini ma’lum qilib, bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish imkoniyati borligini aytib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy, shu jumladan, Toshkent va Xitoy shahar va provinsiyalar o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Uchrashuvda farmatsevtika, elektronika, quyosh energetikasi, robototexnika, sabzavot va mevalarni qayta ishlash kabi qator sohalarni rivojlantirish istiqbolli e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida xitoylik investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtalib, Xitoy tomonidan investitsiyalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.