TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Bugun AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston diniy ulamolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda AQSh davlat kotibi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
“O‘zbekiston diniy yetakchilari bilan uchrashdik. Uchrashuvda olib borilayotgan islohotlar O‘zbekistonda qanday qilib yanada kengroq diniy erkinlikka xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi. Ushbu sohada O‘zbekiston hukumatining yutuqlari juda ulkan bo‘ldi. Men bu borada O‘zbekiston yangi muvaffaqiyatlarga erishishni intizorlik bilan kutmoqdaman”, - deb yozib qoldirgan o‘z tvitterida Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikkiyoqlama muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tomonlar 2018-yilning may oyida O‘zbekiston-Amerika sammiti doirasida bo‘lgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshishi jarayonini muhokama qilib, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.