Maktablarda koronavirus kasalligini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi

SSV tavsiyasiga ko‘ra, XTV tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi tizimida uning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

SSV tavsiyasiga ko‘ra, XTV tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqqan.

Unga ko‘ra, xonalar harorati meyorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini berdi

- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;

Shuningdek, hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;

- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;

- talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta’minlash;

- xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.

O‘tgan yilning 31-dekabr kuni Xitoy hukumati mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Kasallanishning birinchi holatini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 7-yanvar kuni xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi. Koronavirus boshqa xorij mamlakatlarida ham qayd etilgan.