YeOII fuqarolari ish joyidan qat’iy nazar nafaqa oladi – Mishustin  

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolari Ittifoqning qaysi mamlakatida ishlashidan qat’iy nazar - nafaqa olishi kafotlatlanadi.
Sputnik

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Qozog‘itonda bo‘lib o‘tgan YeOII hukumatlararo kengashi majlisida Ittifoq uchun muhim qarorlar qabul qilinganini aytdi. Xususan, bosh vazir nafqalar mavzusida to‘xtaldi.

“YeOII fuqarolarini nafaqa bilan ta’minlash haqidagi kelishuv kuchga kirdi. U “beshlik”ning barcha fuqarolariga ish joyidan qat’iy nazar nafaqa olish imkonini beradi. Bu millionlab kishilar manfaatiga ta’sir qiladi”, - dedi Mishustin.

Undan tashqari Rossiya bosh vaziri Ittifoq fuqarolari uchun YeOII hududidagi barcha muzey va ko‘rgazmalarga kirish chiptalari bir xil narxda sotilishini xabar qildi.

“Rostdan ham Ittifoq fuqarolari ko‘rgazma va madaniy tadbirlarga xorijliklar sifatida chipta sotib olishi – bu g‘alati hol edi”, - dedi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, YeOII hukumatlararo kengashi majlisi Qozog‘iston Janubiy poytaxtida 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya bosh vazirlari ishtirok etishdi.