O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan 4 va 5-fevral kunlari olib kelishni rejalashtirmoqda – TIV

Xitoy tomoni bilan charter reyslarni tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Fuqarolardan 3-fevral kuni Pekin shahriga kelish so‘ralmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

Xabarda yozilishicha, fuqarolardan 2020-yil 1-fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganiga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish olib borilmoqda.

Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta’lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uxan shahrida) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma’lumotiga binoan 1-fevral holatiga ko‘ra Uxan shahrida 81 nafar fuqaro bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda “WeChat” ijtimoiy tarmog‘i (“Wuhan 2020 Uzbekistan”, “Embassy of Uzbekistan” va “Uzbekistan students №1” guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.

“Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi", - deyilgan xabarda.

Elchixona Xitoyda bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi:

Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471

Bobur Yahayev +86 135 1102 4242

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xodimlari:

Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245

Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270

Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476

Rustam Nazarov +86 138 0122 1452

Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040

Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848

Sardor Sirojov +86 186 1812 9040

Avaz Kamalov +86 178 1070 2707

Tashqi ishlar vazirligi +998 71-233-69-46.