TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Temirtau shahrida qora qor yog‘di. Bu holat mamlakat Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligini tekshiruv o‘tkazishga undadi, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.
Ta’kidlanishicha, tekshiruv natijalari jamoyatchilikka ma’lum qilinadi.
Bu shahar hududidagi birinchi qora qor yog‘ishi emas. 2018-yilda xuddi shunday holat kuzatilgandi. O‘shanda “ArselorMittal Temirtau” kompaniyasi atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 600 million tenge (1,6 million dollar atrofida) miqdorida jarimaga tortilgan edi.