Uralda meteoritning portlashi videoga olindi

Rossiyada 31-yanvar kechasi meteorit quladi. Meteorit Yerga yaqin masofada portlab ketganligi sabab uning o‘t olishi atrofni yorug‘ qilib yubordi.
Sputnik

Uralda meteoritning portlashi videoga olindi. Meteorit 31-yanvar kechasi qulagan. Meteorit Yerga yaqin masafoda portlab ketganligi sabab uning o‘t olishi atrofni yorug‘ qilib yubordi.

Kurgan, Omsk, Tumen va Chelyabinsk viloyati aholisi ham bu ajoyib manzaraning guvohi bo‘lishgan.

Bunga qadar 2013-yilda Uralda meteorit qulagan edi. O‘shanda Chelyabinsk meteoriti haqida xabar butun dunyoga ovoza bo‘lgan edi.