O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Xitoyda tarqalgan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishini oldini olish va epidemiya tarqagan markazdan o‘zbekistonliklarni mamlakatga qaytarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 1 fevraldan O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi parvozlar vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Xitoyda tarqalgan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishini oldini olish va epidemiya tarqagan markazdan o‘zbekistonliklarni mamlakatga qaytarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Topshiriqqa muvofiq, O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi.

Ayni paytda tez kunlarda Xitoyda qolayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish uchun choralar ko‘rilmoqda. Buning uchun maxsus charter reys qo‘yiladi.