O‘zbekiston va YeOII

Mishustin YeOIIning asosiy maqsadi haqida gapirdi

Olma-otada 31-yanvar kuni Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Olma-otada 31-yanvar kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston bosh vazirlari ishtirok etdi.

Mishustin YeOIIning asosiy maqsadi haqida gapirdi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar tez orada ichki savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish va biznes uchun raqobat sharoitlarini rivojlantirishga e’tibor qaratish kerakligini aytdi.

“Rossiya barcha sharoitlarni yaratgan holda YeOIIni mustahkamlashda faol ishtirok etishda davom etadi. Umuman olganda, biz faoliyatning barcha asosiy yo‘nalishlarida Yevrosiyo integratsiyasining dinamikasini ijobiy baholaymiz: birinchi navbatda, umumiy bozorning faoliyati yaxshilanmoqda. Asosiy maqsad – “beshlik” davlatlarining iqtisodiyoti o‘sishini ta’minlashdir”, - deb ta’kidladi Mishustin.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil kuzda mamlakatning YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.