Anomal ob-havo sharoiti tufayli Qozog‘iston muhim avtotrassalari yopilgan - TIV

Anomal ob-havo sharoiti tufayli Qozog‘istonning qator hududlarida favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan, muhim avtotrassalar yopilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi (Qozog‘iston) Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 27-yanvar kuni ichida 52 nafar yo‘lovchi, jumladan 42 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Shimoliy Qozog‘iston viloyati hududida qorda qolib ketgan va yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan evakuatsiya qilingan. 30-yanvar kuni avtobus marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.

Qozog‘iston Xitoyga koronavirus bilan kurashda yordam beradi

Elchixona xabar berishicha, anomal ob-havo sharoiti tufayli Qozog‘istonning qator hududlarida favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan, muhim avtotrassalar yopilgan.

“Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qish mavsumida Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi”, - deyilgan xabarda.