Quyosh yuzasining eng batafsil rasmlari nashr etildi

Gavayi arxipelagidagi Maui orolida joylashgan DKIST teleskopidan (Daniel K. Inouye Solar Telescope) foydalanadigan amerikalik astronomlar bugungi kungacha Quyosh yuzasining eng batafsil tasvirlarini olishdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Gavayi arxipelagidagi Maui orolida joylashgan DKIST teleskopidan (Daniel K. Inouye Solar Telescope) foydalanadigan amerikalik astronomlar bugungi kungacha Quyosh yuzasining eng batafsil tasvirlarini olishdi. Bu haqda AQSh milliy ilmiy jamg‘armasi saytida xabar berildi.

Yerga xavfli ulkan asteroid yaqinlashmoqda - NASA

Kadrlarda yulduzning butun yuzasini qoplaydigan "qaynab turgan" plazma ko‘rsatilgan.

"Bu tarixdagi Quyosh sirtining eng yuqori aniqlikdagi tasvirlari. Undan oldin biz faqat aysbergning uchini ko‘rganmiz", deydi Space.com saytiga DKIST loyihasi rahbari Tomassa Rimmele.

Ta’kidlanishicha, yangi ma’lumotlar tufayli tadqiqotchilar yulduz va quyosh faolligini, xususan, havo transporti, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va Yerdagi elektr tarmoqlariga ta’sir qiluvchi tuzilishini batafsil o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu tasvirlar quyosh fizikasida yangi davrni ochadi.