“Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasida yong‘in yuz berdi - video

“Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda yong‘in yuz bergan.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Energetika vazirligi matbuot xizmati “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda yong‘in ro‘y bergani haqida xabar qildi.

Vestminstr universiteti yonida joylashgan bog‘da yong‘in yuz berdi

Ta’kilanishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

“Bugun 30-yanvar kuni soat 11:40da "Yangi Angren" issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 megavatt quvvat bilan to‘xtatildi. Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib stansiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llandi va o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00da yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar mavjud emas”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda energoblok ta’mirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holatni o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilingan.

Ayni paytda mazkur stansiyaning 3ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

“Shu munosabat bilan, iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi”, deyilgan vazirlik xabarida.