Rossiya Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishga qaror qildi

Rossiya bosh vaziri koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekdi. Rossiya Uzoq Sharqda Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Koreya va AQSh bilan chegaradoshdir.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixalil Mishustin koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekdi. Bosh vazir bu haqda hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Koronavirusning “oyog‘i” Hindistonga ham yetdi

Qayd etilishicha, hujjat hozircha e’lon qilinmagan. Shuningdek, batafsil ma’lumotlar keltirilmagan.

Rossiya Uzoq Sharqda Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Koreya va AQSh bilan chegaradoshdir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan. Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda uqtirish holati qayd etilgan.