NI dunyoni 30 daqiqada yo‘q qilishga qodir suv osti kemalarini ma’lum qildi

“National Interest” jurnali dunyoni 30 daqiqada yo‘q qilishga qodir beshta suv osti kemalarini ma’lum qildi. Ulardan uchtasi Rossiya kemalari.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. “National Interest” jurnali dunyoni 30 daqiqa ichida yo‘q qilishga qodir beshta suv osti kemalarini ma’lum qildi. Ulardan uchtasi Rossiyaga, ikkitasi esa Amerikaga tegishli.

Reytingda Rossiyaning “Borey”, “Delfin” va “Yasen-M” suv osti ballistik raketalari o‘rin olgan. Maqola mualliflari “Borey” suv osti kemasini “eng shovqinsiz suv osti kemasi” deb atashgan.

Rossiya AQShni “o‘n marta” yer bilan yakson qilishga qodir – Xitoy OAVlari

Maqolada “Delfin” va “Yasen-M” 2 ming kilometrga Amerika qirg‘oqlariga yaqinlashishi va shu masofadan Buyuk ko‘llarga qadar bo‘lgan nishonlarni yo‘q qilishi mumkinligi aytilgan.

Reytingda Amerikaning “Ogayo” va “Kolumbiya” turidagi suv osti kemalari ham o‘rin olgan. Ularni qurish kelasi yilda kutilmoqda. 2031-yilda esa qurollanishga topshiriladi.

Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, yuqorida keltirilgan mashinalar shunchalik qudratliki, ularning bittasi bilan 300 ga shahar kattaligidagi nishonlarni yo‘q qila oladi.

“Haqiqatdan, bu mashinalar va ularning jang aslahalari, agar uchinchi jahon urushi boshlansa, tamaddunni pissa buyurtma qilishga sarflanadigan vaqtga qaraganda kam vaqt ichida yo‘q qilib yuborgan bo‘lardi”, - deyiladi maqolada.