Qozog‘iston O‘zbekistonga salkam 12 mln dollarlik avtomobillar yetkazib beradi

Tomonlar “SariarkaAvtoProm”da hamkorlikda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportini oshirishga kelishib oldilar.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonga JAC S3 va JAC S5 rusumli 766 dona avtomobil yetkazib beradi. Bu haqda “KazakhExport” matbuot xizmati xabar qildi.

Kelishuvning umumiy qiymati 11,8 million dollarni tashkil etadi.

Bu “O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Shavkat Umurzoqov va “KazakhExport” eksport-sug‘urta kompaniyasining boshqaruv raisi Ruslan Iskakov imzolagan hamkorlik to‘g‘ridagi shartnomada ko‘zda tutilgan. Shartnoma Milliy avtomobil pavilonida “Chevrolet”ning qator modellarini namoyish etish vaqtida imzolangan.

Hujjat “SariarkaAvtoProm” (Qozog‘iston)da hamkorlikda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportini oshirishni nazarda tutadi.