O‘tgan yilda majburiy mehnatga jalb qilish uchun nechta amaldor jarimaga tortilgan

Mehnat vazirligi 2019-yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan va jarimaga tortilgan mansabdorlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. 2019-yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani sababli ma’muriy jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati e’lon qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ro‘yxatidan jami 43 nafar mansabdor shaxslar o‘rin olgan. Ularning 2 nafari tuman hokimi, 5 nafari tuman hokimi o‘rinbosari, 15 nafari hududiy bank filiallari boshqaruvchilaridir.

O‘tgan yilda majburiy mehnatga jalb qilish uchun nechta amaldor jarimaga tortilgan
O‘tgan yilda majburiy mehnatga jalb qilish uchun nechta amaldor jarimaga tortilgan
O‘tgan yilda majburiy mehnatga jalb qilish uchun nechta amaldor jarimaga tortilgan

Ta’kidlanishicha, yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab 2 nafar tuman hokimi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

2019 yil davomida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasining murojaat kanallari (1176  qisqa raqamli ishonch телефони, “www.dmi.mehnat.uz” сайти, @mehnathuquqbot телеграм boti)ga majburiy mehnat bilan bog‘liq 1282 ta xabar kelib tushgan. O‘rganishlar ularning 259 tasida haqiqatan ham fuqarolar majburiy mehnatga jalb etilganini, shuning 118 tasi paxta terimi mavsumida ro‘y berganini aniqlangan. Aybdorlar javobgarlikka tortilib, ularga 772  million so‘m miqdorida jarimalar tayinlangan.

Shuningdek, 2019-yil paxta yig‘im-terimi vaqtida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2979 marotaba monitoring o‘tkazilgan. Natijalar esa 3060 nafar fuqaroning majburiy mehnatga jalb etilganini ko‘rsatdi. Aybdorlar qonunda ko‘rsatilgan tarzda javobgarlikka tortilgan.