Qirg‘izistondan poyezdlar O‘zbekiston orqali Gruziyaga yuk tashishni boshladi

Avvalroq Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari 2020-yilning birinchi choragida multimodal yo‘nalishni tashkil etishga kelishgan edilar.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qirg‘izistondan birinchi yuk poyezdi O‘zbekiston hududi orqali Gruziyaga yetib bordi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

“Mazkur loyiha, ya’ni O‘zbekiston orqali yuklarni jo‘natishni amalga oshirish muvaffaqiyatli amalga oshirildi”,  - deyiladi xabarda.

Afg‘oniston O‘zbekiston orqali navbatdagi yuk poyezdini o‘tkazdi

Toshkentda 2019-yil dekabrida besh mamlakat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari 2020-yilning birinchi choragida multimodal yo‘nalishni tashkil etishga kelishib olishgan edi.

Ta’kidlanishicha, multimodal tranzit yo‘lagi orqali jo‘natilgan 49 sisternadan (mazut) iborat tarkib O‘zbekiston xududidan rejalashtirilgan 36 soat o‘rniga 33 soatda yo‘l bo‘sib o‘tgan.

Xabarda ushbu tranzit multimodal yo‘lagidan navbatdagi yuk jo‘natish uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgani qo‘shimcha qilingan.