ISUZU pikaplarining birinchi partiyasi xaridorlarga yetkazib berildi

ISUZU D-Max pikaplarining birinchi partiyasi xaridorlarga yetkazib berildi - qaysi modifikatsiyaga eng ko‘p talab tushmoqda?
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi, deb xabar qilmoqda  SamAuto matbuot xizmati.

“Joriy yilning 20-yanvaridan 24-yanvariga qadar SamAuto zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat bo‘ldi” – deyilgan xabarda.  

Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan D-MAX IRBIS modifikatsiyasini afzal ko‘rdilar.

D-MAX IRBIS 4ta yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega bo‘lib 865 kilogram yuk ko‘tarishi mumkin.

O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ISUZU D-Max pikaplari taqdimoti 2019-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda avtomobillar 3 ta modifikatsiya va 7 ta rangda taqdim etilgan edi. Ularning narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.