Biror kun olib ketaman - ota o‘z bolalarini “Sheremetyevo”da qoldirib ketdi

Sheremetyevoda qarovsiz qoldirilgan bolalarning yonidan ularning barcha hujjatlari va otasi qoldirgan xat topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Moskvadagi “Sheremetyevo” xalqaro aeroporti xodimlari kecha qarovsiz qolgan ikki nafar bolani topib olishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“O‘zstandart” bolalar poyabzalidagi kamchiliklarni aniqladi

Qarovsiz bolalarni Sheremetyevo aeroportining D terminali xavfsizlik xodimlari topib olishgan.

Ma’lum bo‘lishicha ular 2011 va 2014-yilda tug‘ilgan aka-ukalar bo‘lib, bolalar shu kunning o‘zida Xabarovsk shahridan uchib kelishgan. Ularning yonida rukzaklari bo‘lib uning ichidan ularning barcha hujjatlari va otasi qoldirib ketgan xat ham topilgan.

Xatda xabar qilinishcha, ularning otasi o‘zining og‘ir moliyaviy sharoitidan arz qilib, bolalarni qoldirib ketishga majbur bo‘layotganini va ularni “biror kun olib ketishga tayyorligini” xabar qilgan.

Ayni damda bolalar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga yo‘naltirilgan. Rossiya bolalar ombudsmeni Anna Kuznetsova tashlab ketilgan bolalar borasidagi vaziyatni nazorat ostiga olgan.