Prezident murojaatnomasini bir marta o‘qish yoki bir marta eshitish kifoya qilmaydi – Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat faqatgina keyingi yil uchun mo‘ljallangan emas. Bu keyingi 10-yillik uchun mo‘ljallangan va O‘zbekiston muhtasham 10-yillik davriga kirdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Xalqaro press-klubning O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatiga bag‘ishlangan sessiyasida so‘zga chiqqan Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev mazkur hujjat orqasida chuqur tahliliy o‘rganish yotishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

“Bu murojaatnomaning orqasida chuqur tahliliy o‘rganish yotadi. Mazkur hujjatni bir marta o‘qib chiqish yoki bir marta eshitish kifoya qilmaydi. Har birimiz, parlament a’zolari, hukumat a’zolari, ilm-fan namoyandalari, butun jamiyatimiz uni  qo‘lga olib qayta-qayta o‘qib chiqishi kerak", - dedi Safoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat faqatgina keyingi yil uchun mo‘ljallangan emas. Bu keyingi 10-yillik uchun mo‘ljallangan.

“Men uchun shunday xulosa – O‘zbekiston muhtasham 10-yillik davriga kirdi. Bu biz uchun hayot-mamot masalasi bo‘ladi. Ya’ni shu 10-yil davomida qilinadigan ishlar tariximizda eng muhim davr bo‘ladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”, - dedi u.