Jizzax viloyatida uch aka-uka is gazi tufayli vafot etdi

Is gazidan bolalarning onasi ham jabrlangan, u ayni vaqtda mahalliy kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Jizzax viloyatida uch aka-uka is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi, ularning onasi kasalxonada reanimatsiyada yotibdi, deb xabar qildi RIA Novosti Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 25-yanvar kuni tonggi 5.10da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi xonadonlarning birida tez tibbiy yordam brigadasi 8, 12 va 14 yoshda bo‘lgan uch aka-uka o‘limini qayd etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning o‘limiga uyqu vaqtida is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

Is gazidan bolalarning onasi ham jabrlangan, u ayni vaqtda mahalliy kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.