O‘zbekistonda Humo Air aviakompaniyasi tashkil etildi

Humo Air aviakompaniyasiga "An-2" rusumli 43ta samolyot, "ASh-62IR" rusumli 145 ta aviatsiya dvigatellari berildi. 
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ikkinchi aviatsiya kompaniyasi - "Humo Air" Ma’suliyati cheklangan jamiyat tashkil etildi. Bu haqida 20-yanvar kuni imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorida aytib o‘tilgan. 

  • Humo Air aviakompaniyasi balansiga "An-2" rusumli 43ta samolyot, "ASh-62IR" rusumli 145 ta aviatsiya dvigatellari o‘tkazib berildi. 
  • Sirdaryo aerodromi binosi va maydoni Xumo Eyr aviakompaniyasiga topshirildi (bazaviy aeroport).   
  • Undan tashqari uchuvchilar tayyorlash trenajerlari, aerodrom texnik jihozlari, avtomobillar va boshqa kerakli texnik jihozlar ham yangi aviakompaniyaga topshirildi. 

Qarorga ko‘ra, yangi aviakompaniya tashkil qilish ishlari 2 oy ichida yakunlanishi kerak. Kompaniya tashkil qilishda Davlat mulkini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Trasnport vazirliklari ishtirok etadi.