Navbatlarsiz innovatsiya: Moskvadagi O‘zbekiston yangi konsullik bo‘limi

Rossiya poytaxtida O‘zbekiston elchixonasi konsullik xizmatlar alohida binoda taqdim etiladi. Konsullik bo‘lim yangilanib, zamonaviy qurilmalar bilan jiholandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Moskvada O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limi yangilangan binosi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Moskvada O‘zbekiston elchixonasi Konsullik bo‘limining yangilangan binosi ochildi

Joy hammaga yetadi

“Tiqilinch edi. Joy yetmas edi, biz hammaga konsullik xizmatlarini taqdim eta olmasdik”, - deb esga oladi O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov.

Konsullik bo‘limi ko‘chirilgandan so‘ng, elchixonaning mehmonlar uyida 620 kvadrat metr maydonni egalladi. Endi bu yuqori texnologiyali muassasa bo‘ldi.

Birinchi navbatda bosh konsul – mehmonlarga elektron navbat talon beradigan apparatga e’tibor qaratdi. Qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan ikkita kutish zali mavjud.

Konsullik bo‘limi fuqarolarni qabul qilish joyida devorlar shaffof bo‘lib, qabul qanday amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin. Biometrik pasportlarni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan qurilmalar katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek, bo‘limda koll-markaz joylashgan. Xodimlar fuqarolarning qo‘ng‘iroqlariga o‘zbek va rus tilida javob berishmoqda.

Binoda bolali ayollar uchun alohida xona tashkil qilingan.

Oxirgi mijozgacha

Konsullik bo‘lim o‘rta hisobda bir sutka davomida 250-300 fuqaro qabul qilmoqda. Xayriddino ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar ming kishini ham qabul qilish imkoniyatini beradi.

“Oxirgi mijoz ketmaguncha yopilmaymiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra biz interaktiv xizmatlarni joriy qilmoqdamiz. Fuqarolarimiz uydan chiqmagan holda masofadan turib ayrim xizmatlardan foydalanishi mumkin”, - deb ta’kidlashdi dipmissiyada.

Konsullik xizmatlariga xorijga chiqish biometrik pasportlar, pasport yo‘qolgan holatlarda vataniga qaytish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etish kiradi. Moskvadagi konsullik idorasi Rossiyaning Markaziy Federal okrugiga kelgan vatandoshlarga xizmat ko‘rsatadi.

“Ikki yil oldin barcha konsullik ish Moskvadagi elchixona orqali amalga oshirilgandi. Qisqa vaqt ichida Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Vladivostok va Rostov-Donu shaharlarida yangi bosh konsulxonalari ochildi. Shu orqali biz fuqarolarimizga yaqin bo‘lish, ular uzoq yo‘l yurmasdan, konsullik masalalar bo‘yicha yordam olish huquqga imkoniyatiga ega bo‘lishi borasida deyarli barcha RF federal okruglarini qamram olishga muvaffaq bo‘ldik”, - deb ta’kidladi diplomat.

Moskvadagi konsullik bo‘limi tomonidan 2019-yilda 23 mingdan ortiq konsullik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 16 mingga yaqin O‘zbekistonga qaytish sertifikatlar va 900 biometrik pasportlarni rasmiylashtirishga yordam berib, fuqarolarga berildi.