Koronavirusning tarqalishi munosabati bilan Xitoyda 10 ta shahar yopildi

Xitoyda, Xubey provinsiyasining yangi turdagi koronavirusning tarqalishi qayd etilgan Uxan shahri yopilishidan keyin yana to‘qqiz shaharda transport aloqalarining vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Xitoyda, Xubey provinsiyasining yangi turdagi koronavirusning tarqalishi qayd etilgan Uxan shahri yopilishidan keyin yana to‘qqiz shaharda transport aloqalarining vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uxan shahrida 30dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar bo‘lishi mumkin – TIV

Bugungi kunga qadar transport qay bir darajada kirib chiqishi cheklangan aholi punktlari soni o‘ntaga yetdi, bu quyidagi shaharlar: Uxan (11 million kishi), Chibi (534 ming kishi), Echjou (1,08 million), Xuangan (7,5). million), Santao (1,6 million), Chjiszan (550 ming), Sanszan (963 ming), Xuanshi (2,7 million), Enshi (809 ming) va Sanin (2,5 million).

Ushbu tadbirlar provinsiyaning 29,2 milliondan ortiq aholisiga ta’sir ko‘rsatdi.

Uxan shahridagi karantin boshqa choralardan farq qiladi. Payshanba kuni soat 10.00 dan boshlab bu yerda yer usti transporti, paromlar, metro to‘xtatildi, yo‘lovchilar avtobuslariga bu yerga kirish taqiqlanadi. Bundan tashqari, aeroportlar va temir yo‘l stansiyalaridan jo‘nash bekor qilindi. Hokimiyat biron bir o‘rinli sababsiz shaharga bormaslikni va uni tark qilmaslikni tavsiya qiladi.

Dekabr oyi oxirida Xitoy ma’murlari Uxan shahrida (mamlakat janubi-sharqidagi Xubey provinsiyasi)kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus turi ekanligini aniqladilar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlar soni 830 dan oshdi, 26 bemor vafot etdi. Ulardan 24 tasi Xubey provinsiyasida.

Virus XXR tashqarisida tarqaldi, yuqumli kasalliklar qo‘shni Osiyo mamlakatlari va AQShda qayd etildi.

Rossiyaning Pekindagi elchixonasi RIA Novostiga ma’lum qilishicha, shu paytgacha Xitoydagi Rossiya fuqarolarining infeksiyasiga chalinganligi haqida xabarlar bo‘lmagan.