O‘tgan yilda o‘zbekistonliklar inomarkalarga qancha sarflashdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilda yengil avtomobil importi hajmi 2018-yilga nisbatan 37,9 foizga o‘sdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2019 yil davomida o‘zbekistonliklar yangi import yengil avtomobil xarid qilishga 440,1 million dollar sarflashdi.

Bundan Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti darak bermoqda.

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi oshdi

Ta’kidlanishicha, 2018-yilda O‘zbekiston aholisi yangi inomarkalar sotib olishga 319 mln dollar sarflashgan. Bu esa 2019-yilga qaragandan 37,9 foizga kamdir.