Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limining ish faoliyati – videoekskursiya

Moskvada O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limining yangilangan binosi ochildi. Bo‘lim zamonaviy texnika bilan ta’minlangan bo‘lib, kuniga 250 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Sputnik

Konsullik markaz O‘zbekiston elchixonasi oldida 2-y Kazachiy pereulok ko‘chasida joylashgan.

Fuqarolar xizmatida tajribali operatorlar, elektron navbat, shuningdek yangi pasportlarni berish uchun biometrik uskunalar, ona va bolalar uchun xona mavjud.

O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov so‘zlariga ko‘ra, kelgusida konsullik bo‘limi smenada mingga yaqin murojaatlarni qabul qilishi mumkin.

“Biz barchaga zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatishga harakat qilyapmi. Har kim bugun qabulga kelgan bo‘lsa, yordam yoki xizmatni oladi”, - deb ta’kidladi diplomat.