O‘zbekistonliklar issiqlik ta’minoti uchun faqat isitish davrida pul to‘lashadi

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, 90-bandning “a” kichik bandi isitishga - isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida  bayon etilishi taklif qilinmoqda.

Shuningdek, “kalendar yil mobaynida har oyda” so‘zlari  “isitish davrining har bir kuniga”, “kalendar” so‘zi “isitish davridagi kalendar” so‘zlari bilan almashtirish taklif qilingan.

Qonun loyihasi 5-fevralga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev issiqlik ta’minoti uchun yangi to‘lov tizimini ma’qullagani xabar qilingan edi.