Vestminstr universiteti yonida joylashgan bog‘da yong‘in yuz berdi

2020 yil 21-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminstr universitetida yong‘in sodir bo‘lganligi aks etgan videtasvirlar tarqalgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. 2020-yil 21-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminstr universitetida yong‘in sodir bo‘lganligi aks etgan videtasvirlar tarqalgan. FVV axborot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Buxorodagi texnologiya institutida yong‘in chiqdi

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, aslida hodisa 21-yanvar kuni soat 20:27da Mirobod tumani “Ming O‘rik” mahallasi, A.Temur shox ko‘chasida joylashgan “Bolajon” bog‘ida sodir bo‘lgan.

Mazkur bog‘ esa Toshkent xalqaro Vestminster universiteti yonida joylashgan.

Voqea yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv xizmati belgilangan manzilga soat 20:32da yetib borgan va yong‘in 20:42 da bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida bog‘dagi eski oshxona ichki qismining 5 kv.m maydoni yongan bo‘lib, uning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.