Starbucks qahvaxonasi tez orada Toshkentda paydo bo‘lishi mumkin

Dunyoning eng mashhur qahvaxonalaridan biri bo‘lgan “Starbucks” Toshkentda o‘z tarmog‘ini ochish loyihasini tayyorlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. “Alshaya Group” kompaniyasi O‘zbekistonda jahonga mashhur “Starbucks” qahvaxonalari tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda.

Qahva ichishning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayevning kompaniyaning mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uchrashuvida ma’lum qilindm.

“Uchrashuv natijalariga ko‘ra, xorijiy tomon “Starbucks” qahvaxonalari tarmog‘i va mehmonxonalarni ochish loyihasini amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlashi haqida ma’lumot berdi”, - deyiladi hokimlik xabarida.

“Alshaya Group” – chakana franshizaning yetakchi xalqaro operatori bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Rossiya, Turkiya va Yevropada 90 ta iste’mol brendlari hamda ko‘chmas mulk, qurilish, mehmonxonalar, avtomobil va umumiy savdo sohasida xoldinglarga egalik qiladi.