Tomskdagi fojiada halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritilgan. U endigina 22 yoshni qarshi olgan navoiylik bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiyaning Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Ushbu fuqaro Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida istiqomat qilib kelgan, 1998-yilda tug‘ilgan Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li bo‘lgan.

FVV yuzaga kelgan ayanchli hodisa oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Avvalroq fojia oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar o‘zbekistonlikning shaxsiga oydinlik kiritilgani xabar qilingan edi. 

Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasiga asosan hukumat komissiyasi tuzilgan.