Migrantlar 9-yilda Rossiyadan qancha pul olib ketgani ma’lum bo‘ldi

Ko‘pincha Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari o‘z oilalari va qarindoshlariga pul jo‘natishadi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. 2009-yildan 2018-yilgacha Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar xorijdagi pul jo‘natish tizimlari orqali Rossiyadan 141,4 milliard dollarni (5,64 trln rubl) olib chiqishdi, deya xabar beradi Lenta.ru FinExpertiza’ga asosan.

Rossiyada migrantlar uchun call-sentr ish boshladi

Ko‘pincha, 2018-yilda Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va Ukraina fuqarolari o‘z oilalari va qarindoshlariga pul yuborishgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston chet elga chiqarilgan mablag‘lar soni bo‘yicha mutlaq yetakchi hisoblanadi. Pul jo‘natmalarining 30 foizi mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘z navbatida kompaniya mutaxassislari to‘lov tizimlari migrantlar orasida o‘z vatanlariga pul yuborishning eng ommalashgan usuli ekanligini ta’kidlashadi. Shuningdek, ular mamlakatdan pullarni naqd pulda yoki to‘lov topshiriqnomalari yordamida chiqaradilar.

Kompaniya ta’kidlashicha, migrantlarga banklardan foydalanish yoqmaydi va ularda kamdan-kam hollarda hisob raqamlarini ochishadi. Rossiyadan pul yuborish elektron kanallarini ham unchalik hush ko‘rishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki o‘tgan yil 9 oyida xalqaro pul o‘tkazmalari umumiy hajmi 5,2 milliard  dollarni tashkil qilgani haqida ma’lumot bergandi.