MB aholini firibgar telegramm-kanal paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi

O‘zbekistonliklar Markaziy bank nomidan soxta - firibgar telegramm-kanallar ochilgani haqida ogohlantirildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Markaziy bank aholini firibgar telegramm-kanallar paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi.

“"MARKAZIY BANK AKSIYASI" sarlavhasi bilan "ZAKAZ_MUI" deb nomlangan telegramm-kanalda tarqatilayotgan axborot Markaziy bankning kommunikatsion kanallariga aloqasi yo‘qligi va hech qanday asosga ega emasligini bildiramiz!

Rasmiy tashkilot nomidan noqonuniy faoliyat yuritilishi amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun respublika huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi!”, - deyilgan xabarda. 

MB aholini firibgar telegramm-kanal paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi