Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonga temir yo‘llarni rivojlantirishda yordam beradi

Tomonlar yuk va yo‘lovchilar tashish va tranzit-logistika salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi memorandumni imzoladilar.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston transport vazirligi va Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Maxkamov Toshkentda MDHning "Deutsche Bahn" direktori Vinsent van Xauten bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Afg‘oniston O‘zbekiston orqali navbatdagi yuk poyezdini o‘tkazdi

"Uchrashuv yakunida Transport vazirligi va Deutsche Bahn kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi",  -deyilgan xabarda.

Ushbu hujjat yuk va yo‘lovchilar tashish va tranzit-logistika salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishni ko‘zda tutadi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi 1994-yilda O‘rta Osiyo temir yo‘lidan chiqqanidan keyin tashkil etilgan va 100% davlatga tegishli.

Respublika temir yo‘llarining umumiy uzunligi 4,1 ming kilometrni tashkil etadi. Ichki yuk aylanmasining qariyb 60 foizi va eksport-import yuklarining umumiy hajmining qariyb 80 foizi transportirovkasi O‘zbekiston temir yo‘llariga to‘g‘ri keladi.