O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori ma’lum bo‘ldi

Qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori qurol turi va undan foydalanish maqsadlariga qarab farqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yig‘im miqdorlari ma’lum bo‘ldi. Tegishli qonun loyihasiga muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat bilan qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida yuridik shaxslar, O‘zbekiston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibida belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, yig‘im miqdorlari quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:

- fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma – Bazaviy hisoblashning 100 foizi (223 ming so‘m);

- o‘qotar qurolining har bir donasi uchun bazaviy hisoblashning 15 foizi (33,45 ming so‘m).

O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori ma’lum bo‘ldi

Qaror va unga ilova qilingan Nizomning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.